16/06/2022

2022- yilning 3-iyun kuni Fransiyaning Parij shahrida EU4Energy dasturiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Xalqaro Energetika agentligi tomonidan tashkil etilgan mazkur xalqaro tadbirda, Davlat statistika qo‘mitasidan Sanoat statistikasi boshqarma boshlig‘i Sardor Jo‘rayev ishtirok etdi.

eu4energy_1

eu4energy_2

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 16- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida ushbu xalqaro uchrashuvga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etishdi.

eu4energy_4eu4energy_3

Ushbu taqdimotda Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sardor Jo‘rayev EU4Energy dasturining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

 Ta’kidlanganidek, EU4Energy dasturi – barqaror energetika siyosatini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va energetika sektorini hamkorlikda rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Taqdimot so‘nggida mavzu yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech