Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2022- yil 15- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Qo‘mitaning Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi raisi hamda Sport targ‘ibotchisi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada Davlat statistika qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etishdi.
Ta’kidlash lozimki, Davlat statistika qo‘mitasida xodimlar o‘rtasida turli sport musobaqalarini o‘tkazish an’anaga aylangan.