O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tabdirini amalga oshirishda barcha axborot, taqdimot va boshqa faoliyatlarda asosiy identifikator sifatida ishlatiladigan tadbir logotipi va shiorini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov g‘oliblari aniqlandi.

logowinner_1

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 26- fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 104-son qarori va Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 15- fevraldagi 8- son qaroriga muvofiq tashkil etildi.

logowinner_2

Tanlov va uning shartlari joriy yilning 15- fevralida Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy saytida (www.stat.uz) e’lon qilindi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tanlovning rasmiy elektron pochtasiga (tanlov@stat.uz) 23 tadan loyihalar kelib tushdi.

logowinner_3

Tanlovga kelib tushgan har bir loyihalar tanlov ishchi guruhi tomonidan tanlov nizom talablari asosida birma-bir ko‘rib chiqildi.

logowinner_4

Tanlov ishchi guruhi xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish logotipi bo‘yicha g‘olib deb Umurzoqov Bobur tomonidan taqdim etilgan loyiha, O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish shiori sifatida Iskandarov Suxrobjon tomonidan taqdim etilgan “Qishloq xo‘jaligi ravnaqi farovonlik garovi!” loyihasi g‘oliblari deb topildi.

logowinner_5

Ushbu loyihalar O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda asosiy indentifikator sifatida foydalaniladi.

logowinner_6

logowinner_7

logowinner_8

Tanlov ishtirokchilariga o‘z minnadorchiligimizni bildiramiz!