Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 20,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 88 182 dona muzlatgich eksport qilgan.
Muzlatgich eksporti 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5 mingtaga kamaygan.
Oʻzbekiston 13 ta davlatga muzlatgich eksport qilgan.
Oʻzbekiston 5 oy mobaynida eng koʻp muzlatgich eksport qilgan davlatlar:
Tojikiston – 27 494 dona
Qozogʻiston – 23 833 dona
Rossiya – 19 880 dona
Qirgʻiz R. – 7958 dona
Turkmaniston – 3971 dona
Ozarbayjon – 1675 dona


