Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz boʻylab yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi.

hash2106_1hash2106_2hash2106_3

Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng koʻlamli loyihaga barcha birdek hissa qoʻshishi lozimligi taʻkidlandi.

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.

hash2106_5hash2106_6hash2106_7hash2106_8

Xususan, Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi tomonidan Toshkent shahri Yangihayot tumanining “Fayzli” mahallasida hashar tashkil etildi.

Hasharchilar ekilgan koʻchatlar tagini yumshatib, sug‘orishdi. Tuman hokimiyati va mahalla vakillari bilan koʻchatlar parvarishi va sugʻorilish ishlari nazorati boʻyicha kelishib olindi.

Matbuot ximzati