2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga 17 ta davlatdan qiymati 19,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 20 ming tonna parranda goʻshti import qilingan.
Parranda goʻshti importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 966 tonnaga oshgan.
2022- yilning dastlabki 5 oyida Oʻzbekiston eng koʻp parranda goʻshtini import qilgan davlatlar:
Polsha – 5,5 ming tonna
Turkiya – 3,4 ming tonna
Rossiya – 3 ming tonna
Belgiya – 2,3 ming tonna
AQSH – 1,8 ming tonna
Niderlandiya – 858 tonna
Litva – 690 tonna
Germaniya – 443 tonna


