Joriy yilning 20- iyun kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Rakatboshi mahallasida Davlat statistika qoʻmitasi Yuridik boʻlim xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida” OʻRQ-611- son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisda” 710- son qarori mazmun-mohiyatini yoritish toʻgʻrisida huquqiy savodxonlik seminari oʻtkazildi.

Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad – fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda Qonun va qarorlarni batafsil yoritishdan iborat.

Seminarda, Davlat statistika qoʻmitasining Yuridik boʻlim xodimlari, mahalla raisi va mahalla faollari ishtirok etdi.
Mahalla faollari tomonidan berilgan savollarga Davlat statistika qo‘mitasi vakillari tomonidan batafsil javob berildi.



