24/06/2022

Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida 2022- yilning 1- iyun kunidan e’tiboran uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar ya’ni registratorlar uchun 3 kunlik o‘quv amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi hamda uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari boshlandi.

76853g4