O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-mart oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 21,6 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi   kichik korxonalar va mikrofirmalar bo‘lib 16,7 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida esa Samarqand viloyati yetakchi o‘rinni egallab, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 37,7 % ni tashkil qildi.