Joriy yil 24-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Davlat organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda axborot xizmatlari va OAV hamkorligi istiqbollari” mavzusida milliy anjuman tashkil etildi.
27- iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan mazkur anjumanda davlat organlari va tashkilotlarida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari taqdirlandi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Davlat statistika qoʻmitasi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Usmon Abdurasulov ham taqdirlandi.
Koʻrsatilgan eʼtibor uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga minnatdorlik izhor qilamiz.
Doimo yangilik izlab, yangilikka intilib, hayotning qaynoq nuqtalariga kirib boradigan, xolislik va haqqoniylik, Vatan va xalq manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyadigan oliyjanob va masʻuliyatli kasb egalari boʻlgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga mustahkam sogʻlik, ijodiy muvaffaqiyat va ulkan parvozlar tilaymiz.
Matbuot xizmati


