2022- yil 24- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Yuridik bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 16- maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 259- son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Tashkil qilingan tadbirdan maqsad – qo‘mitaning barcha xodimlarida huquqiy savodxonlikni oshirish, mustahkam irodali, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan faol fuqarolik pozisiyasiga ega bo‘lgan yosh kadrlarni yetishtirish maqsad qilib olingan.

Xodimlar tomonidan berilgan barcha savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob berildi.