13/06/2022

Davlat statistika qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasining  “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tizimidagi xodimlarning munosib dam olishlarini tashkil etish hamda madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qo‘shma qaroriga asosan turli sayohat va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.

 Davlat statistika qoʻmitasi tashabbusi bilan qoʻmita xodimlari hamda Yangi hayot tumanidagi bir guruh nuroniylar uchun Samarqand viloyatiga sayohat tashkil qilindi.

Sayohatchilar Samarqanddagi tarixiy-meʼmoriy qadamjolar, diqqatga sazavor maskanlarni aylanib, madaniy hordiq chiqarishdi.

Ta’kidlash lozimki, 2022-2023- yillar davomida “Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida har yili ish beruvchilar hisobidan xodimlar, birinchi navbatda xotin-qizlarning mamlakatimizdagi soʻlim goʻshalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlarini tashkil etib borish vazifalari belgilangan.

 Shuningdek, qo‘mita tashabbusi bilan, Yangihayot tumani aholisini doimiy tarzda respublikamizning yetakchi teatrlariga olib borish tashkil etilmoqda.