Joriy yilning 20–23- iyun kunlari Jeneva shahrida Yevropa statistiklari konferensiyasining 70-yalpi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari, xalqaro ekspertlar, shuningdek BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi va 57 aʼzo davlatlarning delegatsiyalari ishtirok etishdi.

 Mazkur xalqaro konferensiyada Davlat statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich ham qatnashdi.

Uch kun davom etgan tadbirda statistikadagi asosiy qadriyatlar va ularning asosiy rasmiy statistika prinsiplari bilan uygʻunligi, geomanzilli va statistika ishlarini yoʻlga qoʻyishdagi strategik yoʻnalishlar boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi.

Shuningdek, konferensiya jarayonida statistika ishlari faoliyatdagi bugungi kun chaqiriqlari va istiqbollari, mustaqil maʼlumot taqdim etuvchilar bilan hamkorlik masalalarida muhokamalar oʻtkazildi.

 

Matbuot xizmati