30/06/2022

Joriy yilning 30- iyun kuni Davlat statistika qoʻmitasi Yuridik boʻlimi tomonidan tizim xodimlari tomonidan “Mening Konstitutsiyam” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari, shuningdek, hududiy statistika boshqarmlari xodimlari onlayn tarzda ishtirok etishdi.

 Seminarda ta’kidlanganidek, bugungi kunga qadar amaldagi konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha 40 000 dan ortiq takliflar kelib tushganligi, “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga asosan konstitutsiyaning muqaddima qismi va 64 moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda 6 ta yangi modda kiritilishi rejalashtirilgan.

Bizga ma’lumki, 1992- yil 8- dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga shu kunga qadar 14  marotaba qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan edi. Ayni vaqtga kelib, fuqarolarimizning huquqiy ongi o‘sishi va ilg‘or jahon tajribalariga tayangan holda, Konstitutsiyamizga referendum o‘tkazish yo‘li bilan o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.

Yig‘ilish  qatnashchilari  tomonidan “Mening Konstitutsiyam” mavzusida berilgan barcha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Yuridik bo‘limi tomonidan to‘liq va asosli javob berildi.

Eslatib o’tamiz, Davlat statistika qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tadbir tashkil etilib, unga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi,  Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi Nazarov Sharofiddin Xakimovich taklif etilgan edi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech