2022- yilning yanvar-mart oylarida Andijon viloyatida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 94,5 %, yoki 2908,1 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 166,0 % tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 5,5 %, yoki 168,6 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 66,6 % tashkil etdi.



