01/07/2022

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jami hududlar kesimida temir yoʻllarning foydalaniladigan uzunligi 6 118,3 kilometrni tashkil etib, shulardan umumfoydalanadigan temir yoʻllarning uzunligi 4 732,8 kilometrni tashkil etmoqda (umumfoydalanadigan temir yoʻllarning ulushi 77,4 %ga teng).

Hududlar kesimida umumfoydalanadigan temir yoʻllarni eng katta qismi Toshkent viloyati (941,2 kilometr yoki temir yoʻllarning 15,4 %), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (925,2 kilometr yoki 15,2 %) hamda Navoiy viloyati (862,6 kilometr yoki 14,1 %) hududiga toʻgʻri keladi.

Maʼlumot uchun: Rossiya Federatsiyasida ushbu koʻrsatkich 124,0 ming km, Qozogʻistonda 16,0 ming km, Belarusda 5,5 ming km, Turkmanistonda 3,6 ming km hamda Qirgʻizistonda 0,5 ming km, tashkil etadi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech