2022- yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 92,8 %, yoki 1673,9 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 100,6 % tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 7,2 %, yoki 130,3 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 177,9 % ni tashkil etdi.



