Mamlakatimizda “Yoshlar kuni”ning keng nishonlanishi yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish samaradorligini ta’minlashda barcha qatlamdagi yoshlar, xususan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorlarni namoyon etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2022- yil 15–30-iyun kunlar Davlat statistika qo‘mitasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, “Intelektual o‘yin”, “Yosh kitobxon”, shuningdek, sportning mini-futbol, shashka, badminton, stol tennisi, workout va boshqa tadbirlar tashkil etildi.

Shuningdek, “Yoshlar oyligi” doirasida Davlat statistika qo‘mitasining raisi B. Begalovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etishdi.

Sport musobaqalarda g‘olib bo‘lgan va tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

Matbuot xizmati