2022- yilning yanvar - may oylarida O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilning mos davriga nisbatan 3,9 % punktga ko‘paydi va 17,1 % ni tashkil etdi. Qolgan 82,9 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 3,9 % punktga kamaydi.


