2021- yil yakunlariga koʻra, Toshkent shahri boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 525 028 donani tashkil etib, 2017-yildagi avtomobillar soniga nisbatan 178 499 donaga oshgan (+51,5 %).
Maʼlumot uchun: 2017-yildan buyon hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining ortishi boʻyicha poytaxt koʻrsatkichlaridan keyingi oʻrinlarni Toshkent (+116 266 dona), Samarqand (+114 955 dona) hamda Qashqadaryo (+94 713 dona) viloyatlari band etgan.


