2022- yilning 1- iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 497 293 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 493 727 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahrida – 100 166 ta
Toshkent viloyatida – 46 505 ta
Samarqand viloyatida – 44 957 ta
Farg‘ona viloyatida – 42 947 ta
Andijon viloyatida – 37 615 ta
Qashqadaryo viloyatida – 34 527 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlandi:
savdoda – 170 202 ta
sanoatda – 93 367 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 50 031 ta
qurilishda – 45 027 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 34 509 ta



