Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.

parkentsel2907_1parkentsel2907_2parkentsel2907_3

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq, Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

parkentsel2907_4parkentsel2907_5

 Shuningdek, uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari boshlandi. Bu jarayonda registratorlar tomonidan uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligi joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkaziladi.

parkentsel2907_6parkentsel2907_7