05/08/2022

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi delegatsiyasi “Koreya Statistiks”ning taklifi asosida joriy yilning 25–29-iyul kunlari Koreya Respublikasida boʻlib qaytdi.

Tashrif Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika koʻmitasi bilan Koreya Respublikasi statistika boshqarmasi – "Koreya Statistiks" oʻrtasida 2011-yil 24-avgustda statistika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida imzolangan anglashuv memorandumiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-son qarori va mazkur qarori bilan tasdiqlangan “2020–2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad – statistik faoliyatni amalga oshirishda ilgʻor tizimlarni tatbiq etish, roʻyxatga olishlar va statistik kuzatuvlarni xalqaro andozalarga mos ravishda tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalarini, jumladan, statistik kuzatuv jarayonlariga innovatsion usullarni (zodnlashtirish va h.k.) joriy etish mavzularida oʻzaro tajriba almashishga qaratilgan.

 Xizmat safari davomida “Koreya Statistiks” tomonidan oʻzlashtirilgan ijobiy ilgʻor tajribalarni oʻrganish va kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika koʻmitasi tizimi faoliyatiga keng tatbiq etish koʻzda tutilgan.

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech