09/08/2022

Joriy yilning 9- avgust kuni Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi boshlig‘i Zuhra Mamadjanovaning 2022- yilning 1-6- avgust kunlari Istanbul shahrida (Turkiya) Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Islom taraqqiyot bankining instituti (ITBI) tomonidan tashkil etilgan “KSTA 9624 Yakunlovchi seminar va iqtisodiy globallashuv mintaqaviy konferensiya”sidagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Z.Mamadjanova yig‘ilganlarni konferensiyaning maqsadi, ishtirokchi mamlakatlar milliy hisoblarining alohida komponentlarini hisoblash, resurslar va ishlatilish jadvallarini xarajatlar ishlab chiqarish jadvallariga o‘tkazish va uni  oldingi yil narxlarida baholash bo‘yicha tajribasi bilan tanishtirdi.

Shuningdek, taqdimot jarayonida Z.Mamadjanova tomonidan OTB mutaxassislarining iqtisodiy globallashuv mavzusidagi chiqishlari haqida umumiy ma’lumotlar ham berildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech