Joriy yilning 28-iyul – 9-avgust kunlari respublikada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida ular ishtirokida onlayn tarzda oʻquv-seminarlari oʻtkazildi.


Mazkur oʻquv seminarlarda Davlat statistika qoʻmitasining masʼul xodimlari "Qishloq xoʻjaligi statistikasi boʻyicha koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi” mavzusidagi taqdimotlari bilan qatnashdi.


Oʻquv-seminari ishtirokchilariga rasmiy statistik maʼlumotlar shakllanishining meʼyoriy-huquqiy asoslari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xoʻjalik toifalari, sohaga oid maʼlumotlarni shakllantirishda foydalaniladigan maʼlumotlar manbalari, hududlarning qishloq xoʻjaligi boʻyicha asosiy koʻrsatkichlari, statistika hisobotlarini elektron shaklda taqdim etishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Matbuot xizmati


