Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,0 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy xizmatlar (22,9 %), transport (22,0 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,3 %), shuningdek, ta’lim  sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (4,2 %) qayd etildi.

Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,7 % ga yetdi.

xizmat_100222_ichi

Iqtisodiy faoliyat turlari boyicha xizmatlarning tarkibi:

Savdo xizmatlari – 25,0 %;

Moliyaviy xizmatlar – 22,9 %;

Transport xizmatlari – 22,0 %;

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 6,3 %;  

Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 4,2 %;  

Boshqa xizmatlar – 3,8 %;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 3,1 %;

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 2,8 %;

Shaxsiy xizmatlar – 2,5 %;

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 2,0 %;

Ijara xizmatlari – 1,9 %;

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –1,8 %;

Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 1,7 %.