Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda markazlashmagan investitsiyalarni oʻzlashtirilishi 107,2 trln. soʻmni tashkil qildi. Asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar xajmidagi ulushi 88,0% ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda soʻnggi 5 yilda oʻzlashtirilgan markazlashmagan investitsiyalar (yillik):
2017-yilda – 56,1 trln.soʻm
2018-yilda – 87,3 trln.soʻm
2019-yilda – 142,0 trln.soʻm
2020-yilda – 168,2 trln.soʻm
2021-yilda – 193,5 trln.soʻm


