Davlat statistika qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasining  “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tizimidagi xodimlarning munosib dam olishlarini tashkil etish hamda madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qo‘shma qaroriga asosan turli sayohat va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.

1qoimita_100822_1

Davlat statistika qoʻmitasi tashabbusi bilan qoʻmita xodimlari uchun Toshkent viloyati Parkent tumanining diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil qilindi.

2qoimita_100822_2

Sayohatchilar Parkent tumanining Kumushkon qishlog‘idagi “Hazrati Ali buva” ziyoratgohiga boʻlib, ma’naviy hordiq chiqarishdi.

3qoimita_100822_3

Ta’kidlash lozimki, 2022-2023- yillar davomida “Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida har yili ish beruvchilar hisobidan xodimlar, birinchi navbatda xotin-qizlarning mamlakatimizdagi soʻlim goʻshalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlarini tashkil etib borish vazifalari belgilangan.