2022- yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 501 768 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 91 162 tani tashkil qildi (ulushi 18,2 %). Shunda xususiy korxonalar sonining eng yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahri – 12 054 ta

Farg‘ona viloyati – 11 488 ta

Qashqadaryo viloyati – 10 395 ta

Samarqand viloyati – 8 190 ta

Surxondaryo viloyati – 7 287 ta

 k5yh8i7dpepiw4qrhwlvrmqxasvtzcf3

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdoda – 37 560 ta

sanoatda – 15 733 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 851 ta

qurilishda – 6 922 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 166 ta