Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- avgust holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 565 982 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,8 foizga oshganligi va shu bilan birga 88,7 foizini (501 768 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda joylashdi:
Toshkent shahrida – 112 645 ta
Toshkent viloyatida – 53 109 ta
Samarqand viloyatida – 51 564 ta
Farg‘ona viloyatida – 49 866 ta
Andijon viloyatida – 43 428 ta
Qashqadaryo viloyatida – 39 908 ta
Namangan viloyatida – 35 064 ta
Buxoro viloyatida – 32 311 ta
Surxondaryo viloyatida – 30 168 ta
Xorazm viloyatida – 27 175 ta
Qoraqalpog‘iston Resp. – 25 300 ta
Jizzax viloyatida – 24 763 ta
Navoiy viloyatida – 24 059 ta
Sirdaryo viloyatida – 16 622 ta


