Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022- yilning IV choragi uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning mustaqil izlanuvchiligiga kirish yuzasidan suhbat tashkil etildi.

Uchrashuvda dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22- maydagi “Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori ijrosi bo‘yicha so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, 2022- yilning IV choragi uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning mustaqil izlanuvchiligiga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat jarayoni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2022-yil 18-avgustdagi buyrug‘iga asosan, tasdiqlangan komissiya ishtirokida, belgilangan tartibda Nizom talablariga muvofiq o‘tkazildi.

 Matbuot xizmati