Avval xabar berganimizdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Yevropa va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasining vakili Georgiy Kvinikadze 2022-yil 23–25-avgust kunlari mamlakatimizda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari bilan taninish maqsadida tashrif buyurgan edi.

FAO vakili Georgiy Kvinikadze 23-avgust kuni Toshkent viloyatining Parkent tumani va 24-avgust kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida boʻlib, sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida bevosita ishtirok etdi.

selxoz2508_1selxoz2508_2

Bugun, 25-avgust kuni xalqaro ekspertning Davlat statistika qo‘mitasi raisi o’rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich boshchiligidagi qo’mita markaziy apparati xodimlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Qishloq xo’jaligi sohasida ro’yxatdan o’tkazish ishlariga mas’ul hudidiy statistika boshqarmalari xodimlari ham tadbirda onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Tadbirda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish bo’yicha tayyorlangan savolnomalar, uslubiy qo’llanmalar, hamda texnik-dasturiy ta’minotni yanada takomillashtirish borasida so’z bordi.

selxoz2508_3selxoz2508_4

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan “Sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga ko’maklashish” loyihasini amalga oshirish doirasida O’zbekistonga texnik yordam ko’rsatildi. Xususan, axborot-kommunikatsiya materiallari – bannerlar, plakatlar, broshyuralar, bukletlar, flayerlar taqdim etildi. Shuningdek, loyiha doirasida qo’mita xodimlarini ishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish bo’yicha o’qitish, metodologiya va dala ishlarida ko’maklashish ko’zda tutilgan.

Uchrashuv so’nggida tomonlar hamkorlikning yangi istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildilar va tajriba almashish bo'yicha ikki tomonlama uchrashuvlar amaliyotini davom ettirishga kelishib oldilar.

Matbuot xizmati