Mustaqillik har bir xalq va davlatning istiqboli uchun eng asosiy vosita hisoblanadi. Millatning ijtimoiy-iqtisodiy va sotsial rivojlanishida mustaqillik asosiy poydevor vazifasini bajaradi. Istiqlol yillarida O'zbekiston izchil islohotlar va xalqimizning fidokorona mehnati tufayli ulkan yutuqlarga erishdi.

1-7j1a5841

2-uenonon

2022- yilning 25- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mita markaziy apparati xodimlari uchun o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda mamlakatimiz mustaqilligining iqtisodiyot, turizm, fan va madaniyat sohalarini rivojlantirishdagi roli muhokama qilindi.

3-7j1a5834

Tadbirda, Davlat statistika qo‘mitasi raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich hamda Yuridik bo`limi boshlig‘i To'xtayev Vahob Oripovich mavzu yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tdi.

4

5

Uchrashuvda mustaqillik yillarida mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqning tinch va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoit yaratish, O'zbekistonning xalqaro maydonda munosib o'rin egallashiga qaratilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilganligi takidlandi.

Matbuot xizmati