2022- yil yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida ishlab chiqarish sanoati hamon yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 48,5 %i o‘zlashtirilgan. Bu ko`rsatkich o`tgan chorak bilan solishtirganda 6,2 % punktga ko`pdir.

Shuningdek, elektr, gaz bilan ta’minlash faoliyatining ulushi 11,9 % ni, tog`-kon sanoati 8,7 %, tashish va saqlashda – 8,0 % qayd etilib, yuqori ko`rsatkichlar kuzatildi.


