Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet, sun'iy yo‘ldosh aloqasi va boshqalar xizmatlari) to‘g'ri keladi. Ularning ulushi 65,8 % ni tashkil etdi.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida kompyuterda dasturlash xizmatlari, konsalting va boshqa tegishli xizmatlar 17,2 % ga, axborot xizmatlari - 8,0 % ga, boshqa aloqa xizmatlari - 4,5 % ga, shuningdek nashriyot xizmatlari - 4,5 % ga tashkil etdi.



