2022- yilning yanvar-iyun oylarida Respublikada qishloq xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 126 769,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil qildi.
Respublikada qishloq xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmining 74,6 % i - dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklari, 21,7 % i - fermer xoʻjaliklari hamda 3,7 % i - qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keldi.



