2022- yilning yanvar-iyun oylarida Respublikaning qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 131 722,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil qildi.
Respublika hududlari boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmini tahlil qilganda, eng yuqori hajm Toshkent (14 014,8 mlrd. soʻm), Fargʻona (13 813,0 mlrd. soʻm) hamda Andijon (13 754,1 mlrd. soʻm) viloyatlarida kuzatildi.



