2022- yilning yanvar-iyun oylarida sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,1 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 5,4 % ga hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ining 14,7 % ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi. Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymatida 0,5 % ga hamda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 11,6 % ga kamayish kuzatildi.



