2022- yilning yanvar-iyunida YAIM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-iyunidagi narxlarga nisbatan 115,2 % ni tashkil etdi. Tarmoqlar kesimida deflyator indeksining yuqori ko‘rsatkichlari qurilishda – 115,7 %, sanoatda – 116,8 % hamda boshqa xizmat tarmoqlarida 117,2 % qayd etildi.
Respublikaning o‘rtacha darajasidan past bo‘lgan deflyator indeksi savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari – (112,4 %), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – (110,2 %), hamda tashish va saqlash, axborot va aloqa – (105,2 %) tarmoqlarida kuzatildi.



