2022- yilning yanvar-iyul oylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari hajmi 3 068,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yil yanvar-iyulga nisbatan o‘sish sur’ati 106,5 % darajasida qayd etildi.
2022-yilning yanvar-iyul oylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 563,7 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan.
Hududlar kesimida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlar hajmi, mlrd. so‘m:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 133,6
Andijon – 201,5
Buxoro – 91,3
Jizzax – 66,9
Qashqadaryo – 169,3
Navoiy – 96,3
Namangan – 324,9
Samarqand – 378,2
Surxondaryo – 115,5
Sirdaryo – 42,5
Toshkent – 322,9
Farg‘ona – 409,7
Xorazm – 151,7
Toshkent shahri – 563,7



