2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 7,4 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 105,7 % ni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning katta qismi, ya’ni jami investitsiyalarning 47,2 % to‘g‘ridan - to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan. Shuningdek, aholi mablag‘lari hisobidan 13,2 %, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari 21,8 %, Respublika byudjeti 6,0 %, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar 3,6 %, tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari 6,3 % va suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi 1,9 % asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.



