Davlatimiz rahbari tomonidan 2021- yil 3- dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

1-photo_2022-09-19_12-07-07

Mazkur farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahallaga hokim yordamchilari hamda ularning ish samaradorligini oshirish uchun respublika davlat idoralari va tashkilotlaridan maxsus vakillar biriktirilgan.

2-photo_2022-09-19_12-07-49

Davlat statistika qoʻmitasi tizimidan ham 19 nafar respublika vakillari tuman va shaharlardagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.

3-photo_2022-09-19_12-08-09

Biriktirilgan respublika vakillari va hokim yordamchilari har kuni mahallalarda aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga harakat qilishmoqda.

4-photo_2022-09-16_17-35-34

Toshkent viloyati Zangiota tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Toyir Maxamatov ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

5-photo_2022-09-19_12-07-10

Maʼlumot uchun, Zangiota tumanidagi 73 ta mahalla fuqarolar yigʻinida 202 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan “Temir daftari”da 51 nafar, “Ayollar daftari”da 169 nafar, “Yoshlar daftari”da 303 nafar fuqaro roʻyxatda turadi.

6-photo_2022-09-19_12-06-53

 Respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbusi bilan 2022- yilning 8 oyi davomida Zangiota tumanidagi 481 nafar fuqaroga tadbirkorlik uchun 10 milliard 295 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

7-photo_2022-09-19_12-07-29

Oʻtgan davr davomida respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbuslari bilan 181 ta yangi loyihalar ishga tushirilib, 589 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi.

8-photo_2022-09-19_12-08-13

Tumanda aholi bandligini taʼminlash maqsadida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi tomonidan 45 nafar fuqaroga  289  mln. soʻmlik asbob-uskuna va 34 nafar tomorqa yer egalariga 285 mln. soʻmlik issiqxonalar, jami 79 nafar fuqaroga, 574  mln. soʻmlik subsidiya ajratildi.

Matbuot xizmati