2022- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida jami 6,3 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 35,5 % ni tashkil etib, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.
Shuningdek, korxona va tshkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 19,3 %, aholi mablag‘lari hisobidan 14,2 %, tijorat bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari hisobidan 22,6 %, respublika budjeti hisobidan 6,9 % va Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 1,5 % investitsiyalar moliyalashtirildi.



