Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 61 235 tani tashkil etgan.
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni:
savdoda – 23 121 ta
sanoatda – 11 220 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 8 893 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 3 866 ta
qurilishda – 3 198 ta
tashish va saqlashda – 2 058 ta
axborot va aloqada – 1 673 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 1 047 ta
boshqa sohalarda – 6 159 tani tashkil etgan.



