2022- yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida jami 976,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning katta qismi, ya’ni jami investitsiyalarning 41,5 % to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan.
Shuningdek, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari 16,8 %, aholi mablag‘lari hisobidan 15,5 %, tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari 8,2 %, Respublika byudjeti 10,0 %, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar 6,7 % va suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi 1,3 % asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.



