2022- yilning yanvar-iyul oylarida, Buxoro viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 66,3 % i yoki 3 079,8 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.
Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 326,3 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 10,6 % ni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1465,2 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 47,6 % ni tashkil etdi.
Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sector hissasi 1288,3 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 41,8 % ni tashkil etdi.



