2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 5039,5 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,1 % ni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilinganda, joriy davrda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning katta qismi jalb etilgan mablag‘lar hisobiga to‘g‘ri keldi - 4338,8 mlrd. so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 86,1 % ini, korхona va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan esa 700,7 mlrd. so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 13,9 % ini tashkil etdi.



