2022- yilning yanvar-iyul oylarida Qashqadaryo viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 782,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2021- yilga nisbatan 99,3 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2021- yildagi ko‘rsatkich darajasidan 1,5 % punktga kamayib, 19,2 % ni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 58,9 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 0,52 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilga nisbatan 107,9 % ni tashkil etgan holda 2399,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 21,9 % ni tashkil etdi yoki 889,7 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021- yilga nisbatan 116,1 % ni tashkil etdi.



