2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 571 332 tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 479 taga oshib, o‘sish sur’ati 108,2 foizni tashkil etdi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning yillar kesimidagi soni:
2017- yil – 286 653 ta
2018- yil – 312 728 ta
2019- yil – 380 947 ta
2020- yil – 447 439 ta
2021- yil – 527 853 ta
2022- yil – 571 332 ta



