Joriy yilning 22- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida Polshaning Oliy biznes universiteti rahbariyati bilan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.1-7j1a7073

Ushbu seminar Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Polshaning Oliy biznes universiteti o‘rtasida 2022- yilning 20- may kuni imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etildi.

2-7j1a7047

Tadbirda institut direktori i.f.d., prof. B.K. G’oyibnazarov, institutning ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o’rinbosari i.f.d., dots. O.S. Qahhorov, institut kafedra mudiri i.f.d., akademik S.S.G’ulomov, institut professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari hamda Polsha Oliy biznes universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Rafal Rebilas (PhD), xalqaro aloqalar boshqarmasi direktori Pawel Urgacz ishtirok etdi.

3-7j1a7058

Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori G’oyibnazarov Bahodir Karimovich hamkorlikda amalga oshirilayotgan ijobiy natijalar haqida fikr bildirdi.

4-7j1a7081

Uchrashuv davomida Polsha Oliy biznes universitetining Xalqaro aloqalar boshqarmasi direktori Pawel Urgacz so‘zga chiqib, universitet tarixi, ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklari, ta’lim sohalaridagi yutuqlar bo‘yicha taqdimot qildi.

5-7j1a7053

Shuningdek, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Qahhorov Otabek Siddiqovich seminar ishtirokchilariga institut faoliyati, maqsadi, asosiy yo‘nalish va vazifalari, institutda erishilayotgan ijobiy natijalar va istiqboldagi strategik rejalari bo‘yicha ma’lumot berdi.

6-7j1a7188

Tadbir davomida ikki tomon o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memoramdumi doirasida belgilangan vazifalarga to‘xtalib, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarning kadrlar almashinuvi, dasturlar, qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalari, birgalikda maqolalar tayyorlash hamda malaka oshirishga yuborish masalalari muhokama qilindi.

Matbuot xizmati